Joze Mourinyo: “Raqiblarimiz “Old Trafford”ga durang uchun kelishadi”

Aslanov Jasurbek
2 apr 2017, 00:06
“Manchester Yunayted” ustozi Joze Mourinyo jamoasining APL 30-turida “Vest Bromvich” (0:0) bilan o'tkagan o'yini haqida to'xtaldi.

“Sizningcha o'yin teng kurashlar ostida kechdimi? Kechirasizu, bir jamoa bir marta maydon markazidan raqib tomonga o'tsayu, ikkinchisi butun o'yin mobaynida hujum qilib, gol urish uchun imkon qidirsa, siz esa o'yin teng kechdimi deb so'rayapsiz mendan?! De Xea butun uchrashuv mobaynida “uxlab” o'tirdi, faqatgina o'yin oxirida hammani xursand etdi. Bir jamoa to'p bilan muntazam muomalada bo'ldi, ikkinchisi esa aksincha. Biz bu mavsumda haddan tashqari ko'p durang qayd etdik. Raqiblar bizning maydonda faqat himoyalanish uchun kelishadi. Darvozabonlar esa, uchrashuv qahramoniga aylanish uchun”  deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС