Joze Mourinyo: "G'alabani ko'proq istagan jamoa g'olib bo'ldi"

Aziz Tukhtamuradov
21 okt 2017, 22:05
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo "Xaddersfild"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng (1:2) o'z fikrlarini bildirdi.

"G'alaba qozonishni ko'proq istagan jamoa g'olib bo'ldi. Kuchli jamoa g'alaba qozonganda ortiqcha gaplar shart emas. Bilmayman, ularda qanday qilib bunchalik kuchli istak paydo bo'ldi. O'z futbolchilarimni OAV orqali tanqid qilmayman. O'yinni tahlil qilaman va agar kerak bo'lsa ularni tanqid qilaman. O'yinimiz hayron qoldirdi, bunaqa bo'lishini kutmagandim", - deydi portugaliyalik murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC