Joze Mourinyo: "Arsenal"ga qarshi o'yindan so'ng kiyinish xonamiz eshiklari Chex uchun ochiq bo'ladi"

Aziz Tukhtamuradov
19 sen 2015, 15:14
"Chelsi" bosh murabbiy Joze Mourinyo "Arsenal"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning sobiq posboni Petr Chex haqida gapirib o'tdi.

"O'yin tugamagunicha u bizning raqibimiz bo'ladi. O'yindan so'ng esa umuman boshqacha. Agar kimdir Chex sobiq jamoasiga yordam beradi degan fikrda bo'lsa Superkubok bahsiga qarasin. U g'alaba qozonishni istaydi. Har doimgidan ham ko'proq aynan bugun u g'alabani istaydi.

Umuman, o'yin yakunlangunicha u "Arsenal" darvozaboni. O'yindan so'ng esa u kiyinish xonamizga bemalol kirishi mumkin. Chex uchun doimo eshiklarimiz ochiq", - deydi Mourinyo.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru