

"Bu mavsumda biz negativ odatni o'zgartira oldik. Klub birgalikda uzoq va qisqa muddatli loyihalarni ishlab chiqib, chiqimlarni kamaytira oldi.
Mana endi foydaga ham kirdik, bu mavsum 98 million evro foyda ishladik. Endi bizda milliarddan sal ko'proq chiqim bor. Klubning moliya bo'limi bizga qayta ishonishni boshladi.
"Barselona" hali tirik. Hozirgi modelimiz bilan biz hech qanday "qurbonliklarsiz" yanada katta foyda kirita olamiz", - dedi Laporta.



