Jiru "Milan"ga 1+1 mln evro evaziga o'tishga yaqin

Alisher
9 iyul 2021, 11:28
Hujumchi Olive Jiru "Chelsi"dan "Milan"ga o'tishga yaqin.

Tomonlar bitimning so'nggi detallarini kelishishmoqda, shundan so'ng tibbiy ko'rik muddati ma'lum bo'ladi.

Bitim 1 million evroni tashkil etadi, yana 1 mln "Chelsi" bonuslar ko'rinishida olishi mumkin.

Jiru va "Milan" 2023 yilga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekishadi, uning maoshi yiliga 4 mln evroni tashkil etadi.

34 yoshli hujumchi o'tgan mavsum APLda 17ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com