Jibril Sisse futbolchilik faoliyatini tugatdi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2015, 08:35
34 yoshli hujumchi Jibril Sisse futbolchilik faoliyatini tugatishi haqida ma'lum qildi.

Hozir yuqori saviyadagi futbolni ko'rsata olmayman. Yanvar oyida oyog'imni yana operaciya qildiraman. O'z tanamga quloq solishim kerak. Ha, men futbolni tugataman, - deydi Sisse.

Sisse o'z vaqtida Oser, Liverpul, Marsel Lacio va Kuban kabi klublarda o'ynagan.

Oser safida futbolchi ikki mata Fransiya chempionati to'purari bo'lgan, Gretsiyada Panatinaikos tarkibida o'ynab ikki marta chempionat to'purari bo'lgan.

2005 yil Liverpul bilan birga Chempionlar ligasida g'olib chiqqan. Fransiya terma jamoasi safida Sisse 41ta o'yinda maydonga tushib 9ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/jplusun