

Mazkur kompaniya, jahonning yetakchi agentliklari "Gestifute"dan (Jorje Mendesh. Mijozlari: Krishtianu Ronaldu, Xames Rodriges, Anxel Di Mariya va Diego Kosta) keyin ikkinchi o'rinda turadi.
Kompaniya Garet Beyl, Lyuk Shou va Jo Xart kabi jahon yulduzlariga xizmat qiladi.
Aynan shu tashkilot o'zbekistonlik yoshlarni ham Yevropaga ketishida o'zining munosib ulushini qo'shishi mumkin.
"Stellar Football Ltd"ning Ispaniya va Portugaliyadagi rahbari Luis Alonso "JFL-Tashkent" bilan hamkorlikda iqtidorli o'zbekistonlik futbolchilarga Yevropa eshiklarini ochishi reja qilinayapti.
"O'zim o'zbekistonlik bo'lganligim uchun, Vatanim o'g'lonlarini Yevropada ko'rishni orzu qilaman. So'nggi yillar davomida Yevropa futbolida katta tajriba to'pladim. "UEFA"ning "B" licenziyasiga ega bo'ldim. Endi o'zimiznikilarni Yevropaga "uchurma" qiladigan payt keldi deb o'ylayman. Bu borada, "JFL-Tashkent"ning tutayotgan roli menga maqul keldi. Ular haqida kompaniyamiz direktori bilan suhbatlashganimda, hamkorlik qilsak ikki tomonga ham yaxshi bo'lishi mumkinligi haqida aytdilar", - deydi "Stellar Group" kompaniyasining Osiyo bo'yicha maslahatchi skauti Zokirjon Xoliqov.

Suratda Luis Alonso va Zokirjon Xoliqov

"Stellar Football Ltd" rahbari Jonatan Barnett
"JFL-Tashkent" bolalar futbol klubiga a'zolikni boshladi
Nodirxo'ja Yuldashev: "JFL-Tashkent"ning ilk qaldirg'ochlari 2022 yilgi Osiyo chempionatiga borishlari kerak"
Bugun "JFL-Tashkent" o'zining ilk kelajak yulduzi bilan shartnoma imzoladi


