Jeymi Vardi: “Arsenal” ustidan qozonilgan g'alaba bizning olg'a borishimizga turtki beradi

26 okt 2020, 09:37
“Lester” hujumchisi “Arsenal” ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (1:0) fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bosimni boshdan o'tkazdik, ammo yaxshi o'ynadik va g'alabaga erishdik. Bu biz uchun muhim edi, biroq bu ham aslini olganda bitta o'yin, xolos. Bizda bir nechta noxush natijalar bo'ldi, o'shalarni to'g'rilashni istagandik. O'yin natijasiga ta’sir o'tkaza oldim va biz uyga uch ochko bilan qaytyapmiz. Bu bizning olg'a borishimizga turtki beradi, boisi avvalgi ikkita o'yinda etarli darajada yaxshi o'ynay olmagandik”, - deydi Vardi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sports