JCH-2022 saralash. Suriya Quvaytga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Xayrulla Xoliqov
8 sen 2020, 12:58
Bu haqda Suriya futbol assotsiatsiyasi ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, Suriya terma jamoasi 5-13 oktyabr kunlari BAAda o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Yig'in davomida Dubay shahrida Quvayt terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini bo'lib o'tadi. Faqat hozircha o'yin qaysi kun o'tkazilishi ma'lum emas. 

Terma jamoa bosh murabbiyi Nabil Malul bungacha to'rt haftalik yig'in o'tkazdi. Endi navbatdagi mashg'ulotlar mamlakatdan tashqarida bo'lib o'tadi. JCH-2022 saralash bosqichida Suriya terma jamoasi o'z guruhida 15 ochko bilan birinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com