JCH-2018 saralashi. KONKAKAF. AQSHning "jahli" chiqdi

Narzulla Saydullayev
25 mar 2017, 11:32
Tongda KONKAKAF mintaqasida ham JCH-2018 saralashi doirasidagi navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tdi.

Dastlabki ikki turda mag'lub bo'lgan AQSH terma jamoasi bu safar bor alamini Gondurasdan oldi - 6:0. Uchrashuvda 34 yoshli Klint Dempsi xet-trik qayd etdi. Meksika esa markaziy o'yinda Kosta-Rikani taslim qilib guruhda birinchi o'ringa chiqib oldi - 2:0. Nihoyat Trinidad va Tobago o'z maydonida Panamani bitta gol evaziga mag'lub etdi - 1:0.


Trinidad va Tobago - Panama
Gol:
Kevin Molino 37

Meksika - Kosta-Rika 2:0
Gollar:
Xaver Ernandes 7, Nestor Arauxo 45

AQSH - Gonduras 6:0
Gollar:
Letget 5, Bredli 27, Dempsi 32, 49, 54, Pulishich 46



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia