Messining maydonga tushishi ham Inter Mayamiga yordam bermadi. Jamoa chempionlar ligasidan chiqib ketdi

Khoja
11 apr 2024, 10:13
KONKAKAF chempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

Monterrey Inter Mayamiga qarshi javob uchrashuvida ham 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Ushbu bahsda mehmonlar safida jarohatdan so'ng ilk bor Lionel Messi maydonga tushdi. Biroq argentinalik futbolchining maydonga tushishi ham Florida jamoasiga yordam bermadi.

KONKAKAF chempionlar ligasi.

Chorak final, javob uchrashuvi

Monterrey – Inter Mayami 3:1

Gol: 1:0 – 31 Vaskes, 2:0 – 58 Berterame, 3:0 – 64 Galyardo, 3:1 – 85 Gomes.

Monterrey – Andrada, Medina, Gusman, Arteaga, Galyardo (Lopez, 80), Mesa (Kortiso, 80), Kanales (Gonsales, 85), Romo (Garza Cantu, 85), Agirre, Vaskes (Govea, 76), Berterame.

Inter Mayami – Kellender, Veygandt, Freyre, Allen, Aviles, Alba, Buskets, Gressel, Gomes, Messi, Suares.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com