Jasur Jaloliddinov: "Aleksey Miranchuk bilan tanishmoqchiman, biz bir xil uslubda o'ynaymiz"

Alisher
29 iyul 2020, 21:39
"Bunyodkor"dan "Lokomotiv" (Moskva)ga o'tgan yarim himoyachi Jasur Jaloliddinov o'zining transferi haqida gapirdi.

"Albatta, men "Lokomotiv" haqida ko'p narsani bilaman. Klubga o'tgunimga qadar chempionlik haqida filmni ko'rdim, klub tarixini o'rgandim. Jamoada qanday futbolchilar o'ynayotganini bilaman.

Aleksey Miranchuk bilan tanishmoqchiman, biz bir xil uslubda o'ynaymiz, men ham chapaqayman.

Biroz asabiylashmoqdaman, ammo bu yaxshi holat, chunki men javobgarlikni his qilmoqdaman. O'yin boshlanganda, hayajon o'tib ketadi", - deydi Jaloliddinov.

O'zbekistonlik futbolchi "Lokomotiv" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. 18 yoshli hamyurtimiz "Loko" safida 23-raqam ostida to'p tepadi.

→ "Lokomotiv" Jasur Jaloliddinov transferini rasman e'lon qildi 


O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: fclm.ru