

"15 iyul kuni Toshkentda yig'ildik. Ikki kun davomida jismoniy mashg'ulotlar o'tkazdik. Kecha, 18 iyul kuni yigitlar tibbiy ko'rikdan o'tishdi. 23 iyulgacha Toshkentda yig'in o'tkazamiz. 20 iyulda "Neftchi", 23 iyulda "Navbahor"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlarini o'tkazamiz.
Tarkibimizga faqat "Navbahor"dan Anvar Rajabov keldi. Jamoani Sardor Rahmonov va Pavel Smolyachenko tark etishdi. Balki ikkinchi davra boshlanguniga qadar yana bir nafar yangi futbolchini o'z safimizga qo'shib olarmiz.
Ruslan Melziddinov, Aleksandr Merzlyakov va Salamat Qutiboev kabi futbolchilarimiz O'zbekiston milliy terma jamoasi safida Avstriyada yig'inda qatnashishmoqda. Aziz Ibragimov bugun erta Chexiyadan qaytib keladi", - deydi Jamshid Saidov.




