Eshitdik-da! "Qizilqum" bosh murabbiyi Jamshid Saidov iste'foga chiqdi

Sherzod Nurmatov
10 dek 2024, 16:51
Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Qizilqum" 46 yoshli bosh murabbiyi Jamshid Saidov bilan xayrlashishga qaror qilgan.

Ma'lumot o'rnida, "Qizilqum" ushbu mavsum Superligada 27 ochko jamg'arib, 11-o'rinni band etgandi.

Eslatib o'tamiz, Jamshid Saidov Navoiy jamoasida 2023 yil 20 iyundan beri ishlab kelayotgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia