Jampaolo Turin klubida ish boshladi

7 avg 2020, 21:40
"Torino" klubi matbuot xizmati xabariga ko'ra, taniqli mutaxassis Marko Jampaolo jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan.

53 yoshli italiyalik murabbiy "buqalar" bilan 2 yilga mo'ljallangan bitim imzolagan. Eslatib o'tamiz, Jampaologa qadar "Torino"ni Moreno Longo boshqargan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/TorinoFC_1906