Jahongir Jiyamurodov: "Ikkinchi bo'limdagi o'yinimizga tushunolmadim"

Aslanov Jasurbek
15 iyul 2020, 22:12
Pro liga 3-turidan o'rin olgan "Istiqlol" - "Zomin" (3:0) uchrashuvidan so'ng, mehmonlar bosh murabbiyi Jahongir Jiyamurodov matbuot anjumanida ishtirok etdi.




"Assalomu alaykum! "Istiqlol" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'ylab qaraydigan bo'lsak, bugungi raqibimiz irodali g'alabaga erishdi. O'zlaring guvoh bo'ldinglar, birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarda ustunlik qildik, birinchi raqamli bo'lib o'ynadik. Lekin, ikkinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. 

Kuni kecha jamoamiz futbolchilari uzoq yo'l bosib kelganliklari tufayli charchoq o'z ta’sirini ko'rsatmasdan qolmadi. Ochig'ini aytganda har ikki bo'limlar bir-biridan farq qildi. Ikkinchi bo'limda ko'rsatgan o'yinimizga tushunolmadim. Hozirgi yetishib chiqayotgan yoshlarda ozgina g'urur va shijoat yetishmayotgandek. Futbolga keldimi, faqat g'alaba uchun o'ynashi kerak, maydonga o'z-o'ziga ishonib tushishi kerak. 

Navbatdagi o'yinlarda g'alaba qozonib, jamoamiz muxlislarini xursand etamiz degan umiddaman. Barchaga rahmat" - deydi "Zomin" ustozi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia