Jahon chempionatining to'rtta yulduzli ishtirokchisi mart oyida AQSHda uchrashadi

Sherzod Nurmatov
9 yanv 2026, 17:45
Shimoliy Amerikada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatining 48 ishtirokchisidan 42 tasi allaqachon ma'lum.

To'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgan jamoalar esa terma jamoalar uchun mart oyidagi o'yinlar oynasini qanday o'tkazishni rejalashtirmoqda. To'rtta jamoa bu masalada qaror qabul qilib bo'ldi.

"Reuters"ning xabar berishicha, Braziliya, Fransiya, Kolumbiya va Xorvatiya AQSHga turne bilan keladi. Uchrashuvlar Boston, Orlando (Florida shtati) hamda Vashington atrofida (Kolumbiya okrugi) bo'lib o'tadi. Toshkent vaqti hisobga olingan holda o'yinlar jadvali quyidagicha:

Braziliya - Fransiya (27 mart, 02:00, Foksboro)

Kolumbiya - Xorvatiya (27 mart, 05:30, Orlando)

Kolumbiya - Fransiya (30 mart, 01:00, Landover)

Braziliya - Xorvatiya (31 mart, vaqti aniq emas, Orlando)

Avvalroq O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov O'zbekiston mart oyida KONMEBOL, KONKAKAF va Afrika jamoalari bilan o'ynashini ma'lum qilgan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters