Italiyadagilarning fikricha, Kuadrado "Yuventus"ga qaytadi

Aslanov Jasurbek
31 avg 2016, 18:14
"Chelsi" yarim himoyachisi Xuan Kuadrado bugun "Yuventus"ga qaytadi.

Futbolchining agenti ayni damda "keksa sinora" bilan kelishuvning so'nggi shartlarini muhokama qilmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, turinliklar yarim himoyachining ijarasi uchun 5 mln. evro berishadi. Shu bilan birga bazi shartlar bajarilgandan so'ng Italiya klubi futbolchi transfer huquqini sotib olishga majbur bo'ladi.

Kuadrado o'tgan mavsumda "Yuventus" safida A Seriyaning 28 uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mediaset Premium