Italiya terma jamoasi Puma'ni Adidas'ga almashtiradi

Оқил Абдубарноев
9 mar 2022, 19:42
Italiya terma jamoasi yangi firma libosida maydonga tushadi.

Germaniyaning sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan kelishuv 2023 yilning yanvar oyidan kuchga kiradi.

Shartnomaga ko'ra, Italiya futbol federatsiyasi yiliga taxminan 35-40 million evro oladi.

Eslatib o'tamiz, 2003 yildan beri Puma Italiya jamoasining texnik homiysi hisoblanardi. 

Puma brendi esa Italiya A Seriyasining yangi homiysiga aylanadi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: figc.it