Italiya – Gollandiya. Kellini jarohat tufayli o'ynay olmaydi

Narzulla Saydullayev
3 sen 2014, 08:23
Yuventus va Italiya terma jamoasi himoyachisi Jorjo Kellini Gollandiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini jarohat tufayli o'tkazib yuboradi.
30 yoshli futbolchi 9 sentyabr kungi Norvegiyaga qarshi Evro-2016 saralashi doirasidagi o'yinga qadar tuzaladimi yoki yo'qmi ma'lum emas.

Italiya oldinroq Yuventusning yana bir himoyachisi Andrea Bardzalidan ayrilgandi. Ikkala o'yinda markaziy himoyada Leonardo Bonuchchi – Anjelo Ogbonna harakat qilishi mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru