Ispaniyadagi davlat kanalida o'yin translyatsiyasi paytida Kosovo nomi kichkina harf bilan yozildi

Alisher
1 apr 2021, 16:04
Ispaniya terma jamoasi JCH-2022 saralash doirasidagi Kosovo (3:1)ni mag'lubiyatga uchratdi.

TVE (davlatga qarashli telekompaniya) ispan kanali o'yin paytida Kosovoning qisqartirilgan shaklini kichkina harflar (kos) bilan yozildi. Shu bilan birga Ispaniyaning nomi doimgidek katta harflarda (ESP).

Umumyevropa efirlari translyatsiyalarida Kosovo katta harflarda yozildi (KOS).

Ispaniya - Kosovoning mustaqilligini tan olmagan (umumiy 5ta mamlakat: Ispaniya, Slovakiya, Gretsiya, Kipr va Ruminiya) davlatlardan biridir.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: elnacional.cat