Ispaniya terma jamoasi tarkibi e'lon qilindi

Aslanov Jasurbek
17 may 2019, 15:12
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Evro-2020 saralashi bahslari uchun chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Ispanlar saralash doirasida 7 iyun kuni Farer orollari, 10 iyun kuni esa Shvetsiya terma jamoasi bilan bahs o'tkazadi.


Ispaniya terma jamoasi

Darvozabonlar: De Xea ("Manchester Yunayted"), Arrisabalaga ("Chelsi"), Pau Lopes ("Betis").

Himoyachilar: Ramos ("Real"), Karvaxal ("Real"), Ermoso ("Espanol"), Martines ("Atletik"), Gayya ("Valensiya"), Alba ("Barselona")

Yarim himoyachilar: Navas ("Sevilya"), Lorente ("Real Sosedad"), Roberto ("Barselona"), Kasorla ("Vilyarreal"), Parexo ("Valensiya"), Rodri ("Atletiko"), Buskets ("Barselona"), Fabian ("Napoli"), Oyarsabal ("Real Sosedad"), Isko ("Real").

Hujumchilar: Rodrigo ("Valensiya"), Yago Aspas ("Selta"), Morata ("Atletiko"), Asensio ("Real").

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: RFEF