Isko: "Real"ning tarkibi avvalgi mavsumdagi kabi raqobatbardosh"

Aslanov Jasurbek
3 dek 2017, 14:21
"Real" yarim himoyachisi Isko "Atletik" bilan durangdan (0:0) so'ng, jamoaning tarkibi o'tgan yildagidan kuchsizlanmaganini aytdi.

"Jamoa natijaga erishmayapti, u kuchsizlandi deb aytish oson. Ammo tarkibimiz o'tgan mavsumdagi kabi raqobatbardosh, shunchaki hamma futbolchilar safimizda emas. Bundan tashqari, biz so'nggi daqiqalarda tez-tez gol urib turardik, hozir esa omad yetishmayapti" - deydi Isko.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca