Iordaniya bilan Osiyo kubogi finaliga chiqqan murabbiy jamoani tark etdi

Оқил Абдубарноев
20 fev 2024, 21:26
Iordaniya termasi bosh murabbiyi Husayn Ammuta oilaviy sabablarga ko'ra jamoadan ketishini ma'lum qildi.

Hozircha 54 yoshli mutaxassisning boshqa jamoalardan taklif olgan-olmagani noma'lum. Ammuta Marokash televideniesiga bergan intervyusida Iordaniya bilan shartnomasi hozircha amalda ekanligi, biroq u qaror qabul qilish qiyin bo'lmasin, oilasi bilan birga bo'lishni istayotganini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, marokashlik mutaxassis qo'l ostida Iordaniya o'z tarixida ilk marotaba Osiyo kubogi finaliga yo'l oldi va hal qiluvchi bahsda Qatarga imkoniyatni boy berib qo'ydi.

Raul va Xaviga ustozlik qilgan dunyoning eng baxtli murabbiyi to'g'risida qiziqarli ma'lumotlar

Avvalroq Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi ishdan ketgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ал Жазира