Inzagi "Inter"ni tark etdi, uning yangi klubi ham ma'lum

Alisher Ostonov
3 iyun 2025
Simone Inzagi "Inter"ni tark etib, "Al Hilol"ni boshqaradigan bo'ldi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, "neradzurrilar" bosh murabbiy bilan hamkorlikni to'xtatishga kelishib olgan.

Inzagi shu hafta "Al Hilol" bilan 3 yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Inzagi "Inter"ni 2021 yilning yozida qabul qilib olgandi. Milan klubi uning qo'l ostida A Seriyada g'olib chiqdi, ikki marta Italiya kubogi sohibi bo'ldi va ikki marta Chempionlar ligasi finaliga chiqdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano