"Inter"ning ikki futbolchisi "Milan"ga qarshi o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2017, 16:10
"Inter" asosiy tarkibining ikki futbolchisi "Milan"ga qarshi bo'lib o'tadigan Italiya Kubogi chorak final uchrashuvida maydonga tushmaydi.

Gap himoyachilar Danilo D’Ambrozio va Joao Miranda haqida ketmoqda.

Ikki futbolchi ham "Sassuolo"ga qarshi A Seriyaning 18-tur uchrashuvida jarohat olgan edi. D’Ambrozio 77-daqiqada maydonni tark etgan bo'lsa, Miranda 80-daqiqada almashtirildi.

Bahs 27 dekabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com