Miranda: “Inter” “Yuventus”dan kuchsiz emasligini isbotladi”

“Inter” himoyachisi Joao Miranda “Yuventus”ga (0:1) qarshi o'yindan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bunday mag'lubiyatni qabul qilish qiyin. Biz birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdik, ammo bir nechta golli vaziyatlarni qo'ldan boy berdik. “Yuventus” - juda yaxshi jamoa. Farq shundaki, ular o'z imkoniyatini golga aylantirdi. Bizda vaziyatlar ko'p bo'ldi, ammo gol ura olmadik. O'z navbatida “Yuventus”dan kuchsiz emasligimizni isbotladik. Shunchaki vaziyatlardan foydalana bilish kerak”,-deydi Miranda.


Manba: Inter TV