Miranda: “Inter” Skudetto uchun kurashishi lozim”

Aslanov Jasurbek
20 yanv 2017, 23:24
“Inter” himoyachisi Joao Miranda jamoasining maqsad va vazifalari haqida gapirdi.

“Maqsadimiz – mavsumni imkon boricha yuqoriroq pog'onada yakunlash. Biz Skudettoni yutish oson emasligini bilamiz. Ammo imkoniyatmiz bor ekan, biz bundan foydalanishga urinib ko'ramiz. Umuman olganda, unutmaslik kerakki, asosiy maqsadimiz kuchli uchlikka kirib, Chempionlar ligasiga yo'llanmani qo'lga kiritishimiz lozim.

“Inter”da yaxshi futbolchilar jamlangan, ammo ilgari bizga taktik tomondan nimadir yetishmasdi. Pioli kelgach, biz taktik va ruhiy jihatdan kuchaydik”.

Eslatib o'tamiz, “Inter” so'nggi uchrashuvni Italiya kubogi doirasida “Bolonya”ga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobda g'alabaga erishdi va Italiya kubogi chorak finaliga yo'l oldi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football-Italia.net