"Inter" Simone Inzagiga 2025 yilga qadar mo'ljallangan yangi shartnoma taklif qiladi

Alisher
11 apr 2022, 18:24
"Inter" jamoa bosh murabbiyi Simone Inzagi bilan shartnomani uzaytiradi.

45 yoshli italiyalik bilan yangi kelishuv bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2023/24 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. 

Mutaxassisning maoshi bonuslarsiz 5 million evroga qadar o'sadi.

Inzagining amaldagi shartnomasi kelasi mavsumning so'nggiga qadar mo'ljallangan. Shu sabab murabbiy yiliga 4,5 mln evro maosh oladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato