"Inter" Jeko bilan shartnoma imzolashga yaqin. "Roma" 10 million evro va 18 yoshli o'yinchiga ega bo'ladi

Alisher
26 iyun 2019, 13:07
"Roma" hujumchisi Edin Jeko "Inter"ga o'tishga yaqin.

Klublar amalda 33 yoshli forvardning transferi bo'yicha kelishib olishdi. Rimliklar hujumchi uchun 10 million evro va 18 yoshli hujumchi Edoardo Verganini olishadi.

Bosniyalik futbolchining transferi rasman shu oy oxirlarida e'lon qilinishi kutilmoqda.

Oldinroq "Inter" Jekoga 13 million evro taklif qilayotganligi, ammo "Roma" futbolchining sotuvidan 22 million evro ishlab olmoqchiligi tufayli tomonlar kelisha olmayotganligi xabar qilingan edi.

Jeko faoliyati davomida "Roma"dan tashqari "Jeleznichar", "Teplice", "Usti-nad-Labem", "Volfsburg" va "Manchester Siti" klublarida to'p surgan.

Hujumchi 2007 yildan buyon Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com