"Inter" himoyachisi bilan xayrlashishga tayyor

Mirjalol Normatov
31 mar 2022, 00:15
"Inter"dagilar himoyachi Stefan de Vreyning tarkibdan ketishiga qarshi emas.

"TMW" xabariga ko'ra, Milan klubi futbolchining transferidan 20 million evro ishlab olmoqchi. Uning xizmatlariga "Tottenxem" va "Nyukasl" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Ushbu mavsumda 30 yoshli himoyachi "Inter" tarkibida 31 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2023 yil yoziga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttomercatoweb