"Inter" 27 mln evrolik transferni amalga oshirishi mumkin

Alisher Ostonov
25 may 2025
"Inter" "Marsel" yarim himoyachisi Luis Enrike bo'yicha taklifni 27 million evroga oshirdi.

Shu bilan birga, francuz klubini taklif qilingan narx qoniqtirmayapti, ular braziliyalik futbolchi uchun 30 mln evro olishmoqchi.

Manbaga ko'ra, "Inter" Enrike bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olgan - u besh yilga mo'ljallangan bo'ladi.

23 yoshli Luis Enrike 2024/25 yilgi mavsum "Marsel" safida 35 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, futbolchining transfer narxi 18 million evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Tuttosport