Insine: "Manchester Siti"ga qarshi uchrashuv natijasi adolatsizlik"

Aslanov Jasurbek
2 noya 2017, 12:42
"Napoli" hujumchisi Lorenco Insine "Manchester Siti"ga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-tur uchrashuvi (2:4) haqida fikr bildirdi.

"Menimcha, agar o'yinimizga qarasak, adolatsiz natija bo'ldi. Biz Yevropaning eng yaxshi jamoasiga qarshi o'yinning katta qismida ustunlik qildik. Agar shunday o'ynashda davom etsak, guruhdan chiqish uchun imkoniyatga ega bo'lamiz.

Raqibi darvozaboni Kalexonning zarbasidan so'ng ajoyib seyv amalga oshirdi. 3:2 hisobida oldinda bo'lishning o'rniga biz orqada qoldik. Yaxshi imkoniyatni qo'ldan chiqarib, raqib tomonidan jazolandik" - deydi Insine.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com