Ins: "Pogba "Manchester Yunayted"ni tark etishi kerak"

Aslanov Jasurbek
22 noya 2018, 10:59
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Insning fikricha, ingliz jamoasi yarim himoyachisi Pol Pogba klubni tark etishi kerak.

"Pogba MYUni yanvarda tark etishi haqidagi xabarlar meni hayron qoldirmayapti. Oldinroq u ingliz klubida baxtli ekanligini aytgan edi, ammo men uning birorta so'ziga ishonmayman.

Klub Pogbani qo'yib yuborish haqida o'ylab ko'rishi lozim. Menimcha, Pol "Manchester Yunayted"dan ketishi kerak, bu ikki tomonni qoniqtiradi. Hozir Pogba odamlar u haqida gapirishini xohlayapti, e'tiborni o'ziga tortmoqchi" - deydi Ins.

Oldinroq, Pogba "Yuventus"ga qaytishga rozi bo'lgani e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com