Inesta Neymar haqida: “Avval u “Barselona”ga kerakmi yo yo'q shuni bilish zarur”

Eldor Akmurzayev
9 yanv 2020, 21:25
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta PSJ forvardi Neymarning “Barselona”ga qaytishi mumkinligi to'g'risidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

“Neymar – eng yaxshi hujumchilardan biri, nafaqat hozirgi kunda. Uning qaytishi “Barselona” uchun ajoyib transfer bo'lardi. Boshqa tomondan, avval, u jamoaga kerakmi yo yo'q shuni bilib olish zarur. Mening nazlimda Neymar eng zo'rlari qatorida va uning kataloniyaliklar safiga o'tishi esa yaxshigina kelishuv hisoblanadi”, – 35 yoshli xavbek.

Avvalroq, “ko'k-anorranglilar” hujumchisi Antuan Grizmann ham Neymarning “Barsa”ga kelishiga qarshi emasligini bildirgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Marca