

- O'yin qiyin bo'lishini oldindan bilardik, - deydi Ilhom Yunusov. - Ikkinchi davrani g'alabalar bilan boshlagan bo'lsak, raqibimiz “Olmaliq” futbolchilari aksincha ketma-ket mag'lubiyatlarga uchragan. Shu bois, mezbonlar bor e'tiborlarini faqat g'alabaga qaratishi kutilgandi. Muxlislar Olmaliqda ochiq futbolga guvoh bo'lishdi. Uchrashuvda juda ko'plab golli vaziyatlar sodir etildi. Qulay imkoniyatlardan unumli foydalanishda jamoamizga omad kulib boqdi. Ikkinchi bo'limning kuchli yomg'ir ostida o'tishiga qaramay, safarda qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritganimizdan xursandmiz.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.
“Qizilqum” PFK Matbuot xizmati.


