

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, Boydadaevga “Neftchi” qiziqish bildirgan. Farg'onaliklar Ilhom bilan deyarli og'zaki ravishda kelishib ham qo'ygan. Shu bois 27 yoshli futbolchi katta ehtimol bilan yanvar oyida Andrey Fyodorov jamoasiga kelib qo'shiladi. Aytish lozimki, Boydadaev joriy mavsum “Navbahor” tarkibida 19ta o'yin o'tkazgan.





