Ikki hujumchi "Lester Siti"ni tark etishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 yanv 2018, 17:39
"Lester Siti"ning ikki hujumchisi Islam Slimani va Leonardo Ulloa jamoani yanvarda tark etishi mumkin.

31 yoshli Ulloa xizmatlariga "Aston Villa" qiziqish bildirmoqda. Uni xarid qilmoqchi bo'lgan klub rahbariyati argentinalik futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda. Ulloa joriy mavsum APLda 4ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Slimaniga to'xtaladigan bo'lsak, "Beshiktosh" jazoirlik futbolchini xarid qilmoqchi. Turk klubi prezidenti ayni damda Angliyada va "Flitvud Taun"ga qarshi Angliya Kubogi 1/32 final bahsida futbolchining o'yinini kuzatdi. Slimani va "tulkilar" o'rtasidagi bitim 2021 yilning yozida yakunlanadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports