Iker Kasilyas afsonaviy Rayan Giggzga yetib oldi + FOTO

Tolibjon Qosimov
14 sen 2017, 13:39
Kecha tunda YCHL 1-turining ikkinchi kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

"G" guruhida "Portu" jamoasi o'z maydonida "Beshiktosh"ni qabul qildi va 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi. Ana shu uchrashuvda "Portu" darvozasini afsonaviy kiperlardan biri Iker Kasilyas qo'riqladi. Shu tariqa, Kasilyas YCHLda maydonga tushgan mavsumlari soni bo'yicha boshqa bir afsonaviy futbolchi Rayan Giggzga yetib oldi. Endilikda har ikki futbolchi bu musobaqada 19ta mavsumda to'p tepishgan. Shu tariqa, Giggz va Kasilyas YCHLda eng ko'p mavsum o'tkazgan futbolchilar hisoblanishadi.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/brfootball