Ikardining yuristi o'yinchining qaysi klubga o'tishiga shama qildi

Alisher
22 apr 2020, 12:50
PSJ forvardi Mauro Ikardining yuristi Elio Leterio Pino mijozining "Napoli"ga o'tishi mumkinligini aytdi.

"Aurelio De Laurentis har doim Ikardi bilan shartnoma imzolashga urinib ko'radi. Uning xotini Vanda futbolchining huquqlarini himoya qiladi. Men Mauroni juda yaxshi bilaman va u men uchun o'g'limdek.

Unga doim "Napoli"ga o'tish g'oyasi yoqqan. Bundan oldin Diego Maradona bilan biroz kelishmovchilik bo'lgan, ammo Ikardi klubning tarixini biladi. Neapol - barcha argentinaliklarning kumir shahri.

"Napoli" Ikardi uchun ideal klub bo'lishi mumkin. Bunga hech qanday to'siq yo'q", - deydi Pino.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Radio Marte