Iguain "Milan" futbolchilari bilan xayrlashdi

Mirjalol Normatov
21 yanv 2019, 13:59
"Yuventus"ga tegishli bo'lgan "Milan" hujumchisi Gonsalo Iguain yaqin vaqtlarda "Chelsi"ga o'tadi.

"Football Italia" xabariga ko'ra, futbolchi "rossoneri"dagi jamoadoshlari bilan xayrlashgan va Londonga uchishga tayyorlanmoqda.

Aytilishicha, forvard klub bazasidagi shaxsiy buyumlarini ham olib ketgan.

Oldinroq "Chelsi" futbolchini 36 million evroga sotib olish ehtimoli bilan uni mavsum yakuniga qadar 9 million evro evaziga ijaraga olishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia