Ibragimovich “Milan derbisi” tarixida gol urgan yoshi eng katta futbolchi!

Eldor Akmurzayev
17 okt 2020, 22:00
Ayni daqiqalarda, Italiya chempionati 4-turidan o'rin olgan “Inter” – “Milan” bahsi davom etmoqda.

Uchrashuvning 12 va 16-daqiqalarida “rossonerilar” forvardi Zlatan Ibragimovich raqib darvozasini ishg'ol etib, dublga erishdi. Shu orqali, Ibragimovich “Milan derbisi” tarixida gol urgan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 39 yosh, 14 kun.

Avvalgi rekord esa 1961 yil “Milan” futbolchisi Nils Lidxolm (38 yosh, 5 oy, 18 kun) qayd etilgan edi.

Ma'lumot o'rnida, Zlatan koronavirusdan tuzalganidan so'ng, ilk uchrashuvini o'tkazmoqda. U joriy mavsum barcha musobaqalarda 3 bahsda qatnashib, 5 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: sports.ru