Hamidjon Aktamov: "Yil boshidan beri shu tarkib bilan o'ynaganimizda kamida kuchli uchlikda bo'lardik"

Aslanov Jasurbek
12 dek 2020, 15:15
"Paxtakor" hamda "Qizilqum" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 1/4 final uchrashuvidan (1:0) so'ng mehmonlar ustozi Hamidjon Aktamov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Hamidjon Aktamov: "Bugun qiziqarli o'yin guvohi bo'ldik. Yana hakamlar haqida gapirishga majburman, ular raqibga yon bosaveradi. Tantashev bir nechta vaziyatda xato qildi va bahsga halal berdi. Ekstra taym bo'lishi mumkin edi... Raqib birgina xatoimizdan foydalanib qoldi. Bugun yaxshi o'ynadik, mag'lubiyatga munosib emasdik".


- "Qizilqum" kelasi mavsumda tarkibni kuchaytiradimi yoki bor futbolchilar bilan davom etadimi?

- Yil boshidan shu tarkibda o'ynaganimizda kamida kuchli uchlikda bo'lardik. Biz 10-turdan boshlab tarkibni yangiladik, afsuski formaga kirganimizda musobaqalar yakunlandi. Kelasi yil yaxshiroq natija qayd etishga harakat qilamiz.


- "Qizilqum" birinchi bo'limda yaxshi o'ynadi, ammo ikkinchi taymda bunday bo'lmadi...

- Hakam aybdor. Referi har bir 50ga 50 vaziyatda o'yinni to'xtatyapti. Oxirigacha kurashishga imkon berish lozim. To'g'ri, "Paxtakor" chempioni, ammo bugungi bahsda "Paxtakor"ni tanimadim.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia