"O'yin borasida tashabbus bizda bo'ldi. Biroq qishda rasmiy o'yin o'tkazmaganimiz baribir pand berdi. Hujumlar ko'p bo'ldi, ammo gol urishda oqsadik. Himoyadagi xatolarimiz esa qimmatga tushdi", - deb gap boshladi Hakim Fuzaylov.
- Klub oldiga OCHL guruh bosqichiga chiqish vazifa qilib qo'yilgandi. Bu vazifa bajarilmadi...
- Savolingizga tushundim. Klubimiz oldiga ulkan maqsadlar qo'yilgan. Mening keyingi taqdirimni rahbariyat hal qiladi.
- Tarkibda o'ynagan yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?
- Yangilardan Jasur Hasanov o'zini ko'rsatdi. U yuqori darajada o'ynaydi. Bugun Anvar G'ofurov biroz yomon o'ynadi, hali jamoadoshlari bilan til topishib keta olmagan. Hozircha biz endi-endi formaga kirib borayapmiz.
- Osiyoning ko'pgina klublarida legionerlar o'yin taqdirini hal qilishadi. Bizni klublarda esa legionerlar mahalliy futbolchilardan deyarli farq qilmaydi.
- Ayni paytda bunday kuchli futbolchilarni olib kelish juda qiyin. Tarkibimizdagi legionerlar ham kuchli. Masalan, Kojokar Moldova terma jamoasi a'zosi. Vyacheslav Shevchenko esa bugun yaxshi o'ynadi. Biz kuchsiz legionerlarni oldik deb o'ylamayman. Ular yaqin orada jamoaga moslashib ketishadi deb o'ylayman.
- Oliy ligaga hali zayavka topshirish boshlangani yo'q. Bugungi o'yindan kelib chiqib qaysidir futbolchilarga javob berasizmi?
- Ko'pchilik safimizni tark etmaydi. Balki bir-ikki futbolchi ketishi mumkin. Balki bazilarni ijaraga berarmiz.