Hakamni haqorat qilgani uchun "Roma" ustoziga jazo tayinlandi

Eldor Akmurzayev
8 okt 2019, 22:30
Roma bosh murabbiyi Paulu Fonseka A Seriyaning 2 uchrashuvidan chetlashtirildi.

Fonseka chempionatning 7-turi doirasidagi Kalyariga qarshi bahsda (1:1) bosh hakamni haqorat qilgan. Uning bunday qilganiga sabab esa uchrashuv referisi 90 daqiqada Nikola Kalinich tomonidan kiritilgan golni hisobga olmagani bo'lgan. Bo'rilar hozirda 12 ochko bilan jadvalda 5-o'rinda borishmoqda. 

Rimliklar keyingi ikki turni avvaliga 20 oktyabr kuni safarda Sampdoriyaga qarshi, keyin esa uyda 27 oktyabr sanasida Milan bilan o'tkazishadi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football-italia.net