

Fonseka chempionatning 7-turi doirasidagi Kalyariga qarshi bahsda (1:1) bosh hakamni haqorat qilgan. Uning bunday qilganiga sabab esa uchrashuv referisi 90 daqiqada Nikola Kalinich tomonidan kiritilgan golni hisobga olmagani bo'lgan. Bo'rilar hozirda 12 ochko bilan jadvalda 5-o'rinda borishmoqda.
Rimliklar keyingi ikki turni avvaliga 20 oktyabr kuni safarda Sampdoriyaga qarshi, keyin esa uyda 27 oktyabr sanasida Milan bilan o'tkazishadi.



