Habib Nurmagomedov eng sevimli futbol uchrashuvi qaysiligini oshkor qildi

Eldor Akmurzayev
11 apr 2020, 19:20
UFC'ning engil vazn chempioni rossiyalik Habib Nurmagomedov instagram'dagi sahifasi orqali uning qaysi futbol bahsi qadrli ekanlgini aytdi.

31 yoshli sportchi 2003 yil Chempionlar Ligasi 1/4 finali doirasida 2003 yilning aprelida bo'lib o'tgan “Manchester Yunayted” hamda “Real” o'rtasidagi shiddatli to'qnashuvni etirof etdi. O'sha bahsda “qizil iblislar” 4:3 hisobi bilan zafar quchishgandi.

Ikki o'yin natijasiga (4:3, 1:3) ko'ra “qirollik klubi” keyingi bosqichga yo'l olgan. “Old Trafford”dagi bellashuvni italiyalik taniqli hakam Perluiji Kollina boshqarib borgan edi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru