Gyundogan: "Biz uchun APLdagi chempionlik kurashi yakunlandi"

Alisher
12 dek 2019, 15:14
"Manchester Siti" xavbeki Ilkay Gyundogan jamoaning ichki chempionatdagi ishtirokini baholadi.

"To'g'risini aytsam, biz o'zimizning eng yaxshi holatimizdan yiroqmiz. Shubhasiz, bu biz uchun og'ir mavsum.

Premer-ligada "Liverpul" va bizning o'rtamizda katta farq yuzaga kelgan. Biz uchun APLda chempionlik kurashi yakunlaganini inkor eta olmaymiz, shu sabab kelasi mavsum YCHLga chiqish uchun kurashishimiz lozim", - deydi Gyundogan.

Eslatib o'tamiz, APLda "Manchester Siti" va "Liverpul" o'rtasidagi farq 14 ochkoni tashkil etmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Fox Sports