Gyundogan 1 maygacha "Borussiya"dagi kelajagi borasida qaror qabul qilishi kerak

Aslanov Jasurbek
29 apr 2015, 13:47
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachi Ilkay Gyundoganning kelajagi borasida yakuniy qaror qabul qilishini kutmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Germaniya terma jamoasi futbolchisi o'z qarorini 1 maygacha ma'lum qilishi kerak. Klub u bilan yiliga 6,5 mln. evrolik maoshga ega shartnoma imzolamoqchi. Gyundoganning "Borussiya" bilan amaldagi shartnomasi 2016 yilgacha belgilangan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com