

73 yoshli shifokor klubni Xosep Gvardiola tark etgach yana sobiq jamoasiga qaytadi. Aynan bosh murabbiy bilan janjal tufayli o'tgan yil aprel oyida shifokor klubdan ketgandi.
Myuller-Volfart Bavariyada 1977 yildan buyon ishlab kelayotgandi. Bu shifokor Useyn Bolt, Boris Bekker, Andrea Petkovich va boshqa mashhur sportchilar bilan hamkorlik qiladi. U Germaniya terma jamoasining asosiy shifokori hisoblanadi.



